G’ayri munsarif haqida (1-qism)

Category: Мақолалар Written by Administrator

G’ayri munsarif termini, uning variantlari, qo’llanishi

Biz o’rganayotgan “ G’oyru munsarif ” terminini izohlashdan avval sarf va tanvin so’zlarini lug’aviy ma’nolarini ko’rib o’tsak. Chunki munsarif termini alsida صرف - sarf o’zagidan olingan hamda u bevosita tanvin termini bilan bog’liqdir.

 

Sarf arab izohli lug’atlarda “ovoz chiqarish; musaffo sut va sof kumush; bir narsani o’girish, yo’lidan boshqa yo’lga burib yuborish kabi ma’nolarni anglatadi. Shu ma’nolardan nahv – grammatika fanidagi sarf termini olingan.[1]

Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, grammatikaning sintaksis bo’limidagi sarf termini olingan. Sarf bundan tashqari arab grammatikasining morfologiya qismining nomi ham hisoblanadi.

Tanvin esa arab izohli lug’atlarida ovoz chiqarish, kuylash degan ma’nolarni anglatadi. Bu ikki ma’noga kelib chiqilgan holda ismning oxirida sukunlik nunning jarangdor tovushni va tanvinni talaffuz qilinganda hosil bo’ladigan ohangdor ovozni tanvin deb nomlangan.

Shunga binoan tanvin bu munsorif – turlanadigan ismning, ya’ni harf va fe’lga o’xshamaydigan ismning oxiridagi tovushdir.[2]

Shuni ham ta’kidlab o’tishimiz kerakki, arab tilshunoslari tanvinning 2 turini ajratib ko’rsatishadi.التنوين الأصيل  haqiqiy tanvin va التنوين غير أصيل orttirilgan tanvin. O’z navbatida haqiqiy tanvin 4ga bo’linadi[3]:

1) تنوين التمكن yoki تنوين الأمكنية kuchli tanvin. Bu ismlik xususiyatida mustahkam bo’lganlikni bildirish uchun ismlarning oxiriga qo’shiladigan tanvindir.

U mu’rob – turlanadigan, munsorif – uch kelishikli ismlarga qo’shilib, ularning yengilligini va ismlik xususiyatida boshqalaridan mustahkam va  kuchliroq ekanini ifoda etadi.

2) تنوين التنكير noaniqlik tanvini. Bu noaniq holatda mabniy bo’lgan-qotib qolgan ismlarga qo’shiladigan tanvindir. M: سباويهٍ.

Shuningdek, u aniq holatdagi ismlarga qo’shilib, ularni noaniq qiladi.

M: شاهدت يزيدَ و يزيدًا آخر. Yazid va yana bir Yazidni ko’rdim.

3) تنوين العوض evaz-o’rniga keluvchi tanvin. U bir harfning o’rniga kelishi mumkin: M: جاء قاضٍ (aslida جاء قاضي ).

Bir so’zning o’rniga kelishi mumkin: U كلvaبعض so’zlariga qo’shilib, ular muzof bo’lib kelayotgan so’zning o’rniga keladi.

M: حضر المعلمون فصافحت كلًا منهم. O’qituvchilar kelishdi va men ularning har biri bilan ko’rishdim.  Bu yerda كلًا so’zidagi tanvin, معلم so’zining o’rniga kelgan.

4) تنوين المقابلة muqobillik tanvini. Bu tanvin muannas jins to’g’ri ko’plikdagi ismlarga qo’shiluvchi tanvindir. Uning muqobillik tanvini deb nomlanishiga sabab muzakkar jins tog’ri ko’plikdagi ismlarga tanvin qo’shilmasligiga muqobil ravishda muannas jins to’g’ri ko’plikka qo’shilishidir.

Orttirilgan tanvinlar esa she’riyatda qo’llaniladi.[4]

 Biz o’rganayotgan tanvin esa asl tanvin – sarf tanvini hisoblanadi. Bunga ayrim nahvshunos olimlar alohida urg’u berishgan.

G’oyru munsarifning istilohiy ma’nosiga kelsak, bu borada asosan ikki xil fikr mavjud.

Birinchisiga ko’ra g’oyru munsarif deganda tanvin olmaydigan ismlar nazarda tutiladi.

Ikkinchi ta’rifga ko’ra g’oyru munsarif bu tanvin va jar – qaratqich kelishigini qabul qilmaydigan ismdir[5].

Birinchi fikrni Ibn Molik o’zining “Alfiya”sida quyidagi fikri bilan ham tasdiqlaydi:

الصَّرْفُ     تَنْوِيْنٌ     أَتَى    مُبَيِّنَا               مَعْنًى    بِهِ    يَكُونُ   الاسْمُ   أَمْكَنَا

Sarf- bu ismning e’robda o’zgaruvchi bo’lib kelishini bildiradigan tanvindir.[6]

Bu fikrni Xalil ibn Ahmad, Mubarrad, Abul Barakot al-Anboriy, Ibn Hishom va Ibn Aqiyl ta’kidlab o’tishgan.[7]

Yana bu fikrga Muhammad Najib <<معجم المصطلحات النحوية والصرفية>>kitobida va Admo Tarabay esa <<الممنوع من الصرف. معجم و دراسة>> nomli kitobida va boshqa tilshunoslar qo’shilishgan.

Ikkinchi fikrni esa Ibn Hojib “al-Kofiya” nomli asarida, doktor Abdulaziz Safar <<الممنوع من الصرف في اللغة العربية>> nomli kitobida va boshqalar qo’llab quvvatlashgan.

Birinchi fikr tarafdorlari صرف ning lug’aviy ma’nosidan kelib chiqqan holda uni tanvin ekanini, o’z navbatida غير منصرف ham tanvin qabul qilmaydigan ism ekanligini va bunda uning jar – qaratqich holatida kasra qabul qilmasligi esa unga, ya’ni tanvinsizlikka ergashgan holda o’z-o’zidan sodir bo’ladi, deb ta’kidlashadi.

Ikkinchi fikr tarafdorlari esa ismning xususiyatlaridan biri tanvin bo’lsa, yana biri jar – qaratqich kelishigidir, shuning uchun ham g’oyru munsarif jar va tanvinni qabul qilmaydigan ismdir, deyishadi.

Ta’riflarning va tilshunoslik maktablarining har xilligi o’z navbatida bu terminning ham turli shakllari – variantlari ko’payishiga olib kelgan.

Endi bu temninning variantlariga kelsak, doktor Abdulaziz Safar o’zining <<الممنوع من الصرف في اللغة العربية>> asarida bu terminning quyidagicha shakllarini ko’rsatib o’tadi:

Sibavayhi “al-Kitob”da, Ibn Hishom “Avdoh ul-masolik”da, Ibn Aqiyl “Sharhu Ibni Aqiyl”da, Suyutiy “Ham’ ul-havome”da, Muhammad Ali as-Sabbon “Hoshiyat us-Sabbon”da – ما ينصرف و ما لا ينصرف istilohini qo’llagan. Quyidagi asarlar mualliflari esa boshqa istilohlardan foydalanishgan:

Suyutiy. “Alashboh va an-nazoir”: غير المنصرف;

Ibn Yaish. “Sharh ul-Mufassal”: الاسم الذي يمنع الصرف;

Ibn Yaish. “Sharh ul-Kofiya”:  غير منصرف;

Mubarrad. “al-Muqtazab”: ما يجري و ما لا يجري;

Ibn Is’hoq Azzajjoj esa <<ما ينصرف و مل لا ينصرف>> nomdagi alohida asar yozgan.[8]

Admo Tarabay esa <<الممنوع من الصرف. معجم و دراسة>> nomli asarida, asosan, Jorj Mitriy va Haniy Jorj Tabariylarning <<الخليل: معجم مصطلحات النحو العربي>> nomli istilohlar lug’atidan iqtibos olgan holda quyidagi termin shakllarini sanab o’tadi:

Yana arab grammatikasiga oid klassik asarlarga nazar soladigan bo’lsak, quyidagicha nomlanishlarga duch kelamiz:

Zamaxshariy. “al-Anmuzaj va al-Mufassal”: غير منصرف;[10]

Ibn Molik. “Tas’hiyl ul-favoid”: ما لا ينصرف;[11]

As-Sinhojiy al-Ajrumiy. “al-Ajrumiya”: الاسم الذي لا ينصرف;[12]

Ibn al-Ansoriy. “Shuzur uz-zahab”, “Qotr un-nido”: ما لا ينصرف.[13]

Zamonaviy asarlarda esa asosan quyidagicha istilohlarni qo’llashadi:

Abbos Hasan. “an-Nahv ul-vofiy”: ما لا ينصرف;[14]

Fuad Ne’mat. “al-Mulaxxas”. الممنوع من الصرف;[15]

Ali Jorim. “an-Nahv ul-vodih 1”: الممنوع من الصرف;[16]

Ali Jorim. “an-Nahv ul-vodih 2”:المنون و غير المنون ;[17]

Said Afg’oniy. “al-Muvjiz”: الاسم المنون والاسم غير المنون;[18]

Mustafo G’alayiniy.”Jome’ ud-durus il-arabiyya”: الاسم الذي لا ينصرف;[19]

Hifniy Nosif. “ad-Durus un-nahviyya”: منون وغير منون.[20]

Ko’rib o’tganimizdek, arab klassik va zamonaviy tilshunoslari bu terminning turli ta’rif va variantlarini keltirib o’tishgan. Ular orasidagi eng mashhur variant ممنوع من الصرف dir. Shu bilan birgalikda Emil Ya’qub ممنوع من الصرف terminidagi صرف so’zi va لا يجري dagi إجراء ham asl lug’aviy ma’nosidan uzoqlashib ketgan deya hisoblab, ممنوع من الصرف “sarfdan xoli” terminini ممنوع من التنوين “tanvinsiz” terminiga alishtirish taklifini o’rtaga tashlaganini ham qayd etib o’tishimiz kerak.[21]

O’zbek va rus arabshunoslariga kelsak, ular bu terminni “ikkikelishikliismlar” – “двухпадежныеимена” deb nomlashadi.

Agar “g’oyru munsarif” terminiga yuqorida ko’rib o’tgan ta’riflardan birinchisini, ya’ni “tanvin olmagan ism”ma’nosi to’g’riroq keladi deb qaraydigan bo’lsak, bu ismlarni “tanvinsiz ismlar” deb atashimiz ham mumkin bo’ladi, deb o’ylaymiz va quyida ushbu termindan foydalanamiz.

Ammo, bunday holda ba’zi arabshunoslar alif maqsura bilan tugagan فَعْلَى vaznidagi so’zlarni ikki kelishikli emas, bir kelishikli, deb ta’riflaganlarini e’tiborga olishimiz kerak bo’ladi.

Endi bu terminnig o’zbek grammatikasida muqobili bormi, yo yo’qmi, shunga e’tibor qaratsak. Ma’lumki, o’zbek tilida grammatik kategoriya vazifasini, jumladan, kelishiklar bajaradi. O’zbek tilidagi kelishiklar kategoriyasi ayrim xususiyatlari bilan arab tilidagi e’rob kategoriyasidan farq qiladi. Masalan, o’zbek tilida bosh kelishikning qo’shimchasi yo’q, arab tilida esa bosh kelishik – raf’ning belgisi zamma hisoblanadi. Arab tilida e’rob ismlarga ham, fe’llarga ham tegishlidir, to’g’rirog’i hozirgi zamon fe’llariga. Ammo grammatik ma’no berish uchun o’zbek tilida otlar turlanadi, fe’llar esa maylda o’zgaradi. Arab tilida sifat va ma’lum sonlar ham e’rob olsa, o’zbek tilida sifat va sonlar faqat otlashganda turlanadi, hamda o’zbek tilida olmoshlar turlangan holda, arab tilida olmoshlar e’rob olmaydi. Yana bunday farqlarga o’zbek tilida kelishiklarning oltita ekanligi va mayllarning beshta ekanligi, arab tilida esa ismlarda uchta va fe’llarda ham uchta e’rob borligini misol qilishimiz mumkin. Ikkala tildagi o’xshash holat esa yordamchi so’zlarning, arab tilida حروف – harflarning e’rob olmasligi, o’zbek tilida esa ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalarning turlanmasligida ko’rinadi.

Endi tanvinsiz ismlarga o’xshab, kelishiklarning bir-biriga o’xshab qolishiga kelsak, o’zbek tilida ham kelishiklar bir-birining o’rnida ayrim hollarda qo’llanishi mumkin. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

“Mehmonning biri - mehmondan biri, gapingizni tushunmadim - gapingizga tushunmadim, nonni oling - nondan oling, shaharni kezmoq - shaharda kezmoq, bog’ni aylanmoq - bog’da aylanmoq va hk.”

Ammo aynan qaratqich va tushum kelishiklarining o’xshash bo’lib kelishida esa tafovut mavjud. Bu borada o’zbek tili grammatikasi kitoblarida quyidagicha deyiladi:

“Qaratqich va tushum sinonim bo’lolmaydi: Ukamning daftari birikmasini ukamni daftari tarzida qo’llash noto’g’ri.”[22]

Shunga ko’ra, aynan qaratqich kelishigining o’rniga tushum kelishigining qo’llanishi o’zbek tili grammatik qoidalariga zid hisoblanadi.Holbuki, og’zaki tilda aynan shu shakl ko’p qo’llaniladi.

Qaratqich va tushum kelishigidagi atoqli otlar o’zbek tilida belgisiz qo’lanilmaydi, ya’ni –ning va –ni qo’shimchalari atoqli otlardan tushib qolmaydi. M: Navoiyni o’rganmoq, Salimning ukasi.[23]

Ko’plikdagi otlar esa kelishikda o’ziga xos xususiyatga ega emas.Sifatlar esa yuqorida aytib o’tganimizdek, faqat otlashganida kelishik oladi.Ularda ham kelishiklar olganida biror o’ziga xos holat kuzatilmaydi. Muannaslik, ya’ni ayol jinsi esa o’zbek tilida ayollar atoqli otlari va ayrim kasb nomlarini hisobga olmaganda, mavjud emas.

Ko’rib o’tganimizdek, ayrim kelishiklarning ma’nodosh bo’lib kelishi va og’zaki nutqda qaratqichning o’rniga tushum kelishigi qo’llanilishi bilan o’zbek tilida qisman tanvinsiz ismlar terminiga o’xshash jihatlar ko’zga tashlansa, tanvnisiz ism uchraydigan atoqli ot, sifat va ko’plidagi o’zgarishlar mavjud emasligi bilan tafovutlarga guvoh bo’linadi.

Ammo tarjima jarayonida bu hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.Chunki ismlarning ikki kelishikli yoki uch kelishikli bo’lib kelishi, hech qanday gap tarkibida qo’shimcha grammatik ma’no anglatib kelmaydi.Ya’ni مررت بمحمد “Muhammadning oldidan o’tdim”deb tajima qilinsa, مررت بأحمد “Ahmadning yonidan o’tdim” deya biror o’zgarishsiz tarjima qilinadi.

Xalqaro til hisoblanmish ingliz tilida tanvinsiz ismlarning qanday atalishini ham ko’rib o’tsak.Ingliz tilida تنوين ni “nunation”, صرف ni “triptote declension”, منصرف ismlarni “triptote” va الممنوع من الصرف ni esa “diptote” deb nomlanadi. [24]

Ammo Antuan Dahdoh bu borada boshqacharoq yondashib, terminlar bo’yicha alohida izlanish olib borgan, va ushbu terminlarni quyidagicha tarjima qilgan:

منصرف “varied”,تنوين  “modulation”, منوَّن “modulated”,  ممنوع من الصرف“prohibited from variation”.[25]

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda, “g’oyru munsarif” terminini ta’riflashda arab tilshunoslari ikki guruhga bo’linganini bilib oldik. Ulardan biri ushbu termin tanvin olmaydigan ismlarni anglatishini, ikkinchi taraf olimlar esa “g’oyru munsarif”ni tanvin va jar-qaratqich kelishigini qabul qilmaydigan ismlar, deb tariflagan ekan. Biz izlanishlarimizdan kelib chiqqan holda, birinchi guruhning ta’rifiga moyil bo’ldik. Shuningdek, ushbu terminning ko’plab variantlari mavjud ekani, jumladan,غير منصرف، ممنوع من الصرف va غير منون ushbu variantlar orasida eng ko’p tarqalgan turlari ekanlariga guvoh bo’ldik. G’oyru munsarif terminini “tanvinsiz ismlar” deya tarjima qilishga qaror qildik.     

 

Abdullayev Davronbek

 

[1]أدما طربيه. الممنوع من الصرف.لبنان: مكتبة لبنان الناشرون، 2001.لبنان: مكتبة لبنان الناشرون، 2001. ص1

[2]أدما طربيه. الممنوع من الصرف.لبنان: مكتبة لبنان الناشرون، 2001.لبنان: مكتبة لبنان الناشرون، 2001. ص1

[3]اميل يعقوب. الممنوع من الصرف بين مذاهب النحاة والواقع اللغوي. بيروت:دار الجيل، 1992. ص 16

[4]محمد نجيب. معجم المصطلحات النحوية والصرفية. بيروت: دار الفرقان، 1985. ص 234

 اميل يعقوب. الممنوع من الصرف بين مذاهب النحاة والواقع اللغوي. بيروت:دار الجيل، 1992. ص 17-19  

[5]صالح فليح. صرف الممنوع من الصرف. جامعة الشرق الأوسط للدراسات العليا، 2010. ص 13

[6]محمد نجيب. معجم المصطلحات النحوية والصرفية. بيروت: دار الفرقان، 1985. ص 125

[7]صالح فليح. صرف الممنوع من الصرف. جامعة الشرق الأوسط للدراسات العليا، 2010. ص 14

[8]عبد العزيز علي سفر. الممنوع من الصرف في اللغة العربية. القاهرة: عالم الكتب، 2009. ص 16-17

[9]أدما طربيه. الممنوع من الصرف.لبنان: مكتبة لبنان الناشرون، 2001.ص 2-3

[10]الزمخشري. الانموذج في النحو. ص 15. الزمخشري. المفصل في علم العربية. عمان: دار عمار،200. ص 41

[11]ابن مالك. تسهيل الفوائد. القاهرة: المكتبة العربية، 1967ص 8

[12]محمد الصنهاجي. الأجرومية في النحو. الرياض: دار الصميعي، 1998. ص 7

[13]ابن هشام. قطر الندى و بل الصدى. المنصورة: مكتبة فياض، 2012. ص 11.

 ابن هشام. شذور الذهب في معرفة كلام العرب. القاهرة: دار السلام، 2007. ص 6

[14]عباس حسن. النحو الوافي. القاهرة: دار المعارف، 1974. ص 200

[15]فؤاد نعمة. ملخص قواعد اللغة العربية. القاهرة: المكتب العلمي. ص 94

[16]علي جارم ومصطفى أمين. النحو الواضح. للمرحلة الابتدائية. القاهرة: دار المعارف. ص 329

[17]علي جارم ومصطفى أمين. النحو الواضح. للمدارس الثناوية. كراتشي: مكتبة البشرى، 2011. ص 221

[18]سعيد الأفغاني. الموجز في قواعد اللغة العربية. بيروت: دار الفكر. ص 155

[19]مصطفى غلاييني. جامع الدروس العربية. بيروت: المكتبة العصرية، 1993. ج1 ص 22

[20]حفني ناصف. الدروس النحوية. الكويت: دار ايلاف الدولية، 2009. ص 228

[21]اميل يعقوب. الممنوع من الصرف بين مذاهب النحاة والواقع اللغوي. بيروت:دار الجيل، 1992. ص 24

[22] B.Mengliyev. O’. Xoliboyev. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T: “Akademnashr”, 2001.181-b.

[23]M. Hamrayev. Ona tili. T: “Sharq”, 2013. 59-b.

[24]محمد ابراهيم. معجم مصطلحات النحو والصرف والعروص والقافية. القاهرة: دار المعارف. ص 180،181،272

[25]أنطوان دحداح. معجم مصطلحات الإراب و البناء. لبنان:مكتبة لبنان، 1988. ص 118،195،196